Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Koreya Respublikasining Toshkentdagi elchixonasi qoshidagi Koreya taʼlim markazi o‘rtasida imzolangan Memorandumga muvofiq joriy yilning 28-iyulidan boshlab koreys tili o‘qituvchilari uchun o‘quv seminari o‘tkaziladi.
➖Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida bo‘lib o‘tadigan o‘quv seminarida pedagoglarga koreys tili asoslarini o‘rgatish metodikasi bo‘yicha kurslar tashkil etiladi.
◀️Mazkur o‘quv kurslarida respublikamizning barcha hududlaridan 60 nafar koreys tili o‘qituvchilari ishtirok etadi.
➕O‘quv seminari Koreya Respublikasi Chungbuk taʼlim departamentining 15 nafar ekspert, metodist va mutaxassislari tomonidan olib boriladi.
⬇️ Seminar doirasida mamlakatimizdagi maktablarning koreys tili fani o‘qituvchilari kasbiy mahorati oshirilib, xalqaro sertifikat topshiriladi.