Bugun Toshkent shahar prokurori o‘rinbosari U.T.Mamarajabov, Toshkent shahar hokimining jamoatchilik, mahalla va nuroniylar masalalari bo‘yicha maslahatchisi B.Kalonov, Yunusobod tuman prokurori Y.Abdurahmonov va sektor rahbarlari Ahmad Donish MFY hududida joylashgan 247-sonli umumta’lim maktabida mutasaddi tashkilot mas’ullari bilan birgalikda "Yashil makon" umummilliy harakat dasturi doirasida mevali va manzarali daraxtlar ekildi.