Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 7-февраль 2025, 14:46
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Maktabimizda "To‘maris izdoshlari" tanlovining sektor bosqichi o‘tkazildi

Yunusobod tumani maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga qarashli umumta’lim maktab o'quvchi - qizlari o‘rtasida tariximiz, milliy an’analarimiz va urf-odatlarimizga chuqur hurmat va ehtiromni yuksaltirish, hayotda doimo g‘alabaga intilish va yuksak vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish maqsadida Yunusobod tumani 247-sonli umumta’lim maktabida «To‘maris izdoshlari» tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi. Ko‘rik tanlovda Yunusobod tumani maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi bosh mutaxassisi D.Muminova, Yunusobod tumani IIO FMB XPB YOMB katta inspektorlari N.Ubaydullayeva, N.Xalikova, M.Divanova ishtirok etishdi. 
Tanlovda guruh a’zolari Malika To‘maris siymosini yaratish, “Agar men bo‘lganimda!”, “Mevalarni bezash san’ati”, Intellektual bellashuv hamda erkin mavzu “Vatan mehri yuragimda” madhi asosida har bir jamoadan 5 nafardan qizlar o‘zaro bellashdilar.

Tanlov natijalari quyidagicha:

🥇1-o‘rin № 274-maktab 
🥈2-o‘rin № 247-maktab 
🥈2-o‘rin № 258-maktab 
🥉3-o‘rin № 250- maktab 
🥉3-o‘rin № 257-maktab 
🥉3-o‘rin № 288-maktab 

Tanlov g‘olibi hamda ishtirokchilari “Faxriy yorliq” va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Tadbir jarayonlari  TVning O‘zbekiston tarixi telekanali muxbirlari   tomonidan suratga olindi, OAV va ijtimoiy tarmoqlarida keng yoritildi.