Yunusobod tumani 247-sonli umumta'lim maktabida 14-aprel kuni o'quvchilarning kechki bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish maqsadida soat 17:00 dan boshlab 5 tashabbus doirasida sport, musiqa, raqs, kompyuter, kitobxonlik to'garaklari o'z faoliyatlarini olib bordilar. Shuningdek, maktab hovlisida o'quvchilar uchun konsert tashkil etildi. Tadbirga Yunusobod tumani Milliy gvardiya qo'riqlash bo'limi xodimi leytenant Kendjayev Tal'at Tolibovich, Yunusobod tuman xalq ta'limi bo'limi mudiri O.T.Yarashev, tuman xalq ta'limi bo‘limi sho‘'ba mudiri D.I.Muminova, 15-mavze Axmad Donish MFY maslahatchisi L.Tuxtayeva, Yunusobod tumani Yoshlar ishlari agentligi Axmad Donish MFY Yoshlar yetakchisi M.O.Xasanov, O'zbekiston Mustaqilligi MFY Yoshlar yetakchisi K.N.Sattorov tashrif buyurdilar. Tadbir davomida o'quvchilar dam olib maroqli hordiq chiqardilar.