Joriy yilning 29 mart kuni Yunusobod tumanidagi 247-sonli umumta’lim maktabida umumiy ota-onalar yig‘ilishi o‘tkazildi. Yig‘ilishga Toshkent Davlat Yuridik Universiteti professor o‘qituvchilari I.B.Djurayev, D.B.Bazarova, katta o‘qituvchilar S.A.Maxmudov, U.X.Raximova, S.S.Urakov, Yunusobod tumani IIO FMB VEMB inspektor-psixologi N.O.Qudratov tashrif buyurdilar. Ular yig‘ilishida ota-onalarga "Konstitutsiyaviy islohotlarning mazmun-mohiyati haqida", hamda "Referendum: uning tashkiliy-huquqiy asoslari va asosiy bosqichlari" haqida to‘liq ma’lumot berib o‘tdilar. Yig‘ilish yakunida ota-onalar tomonidan berilgan savollarga ham javob berib o‘tildi.