Joriy yilning 3-mart kuni Yunusobod tumani 247-sonli umumta'lim maktabiga O'zbekiston Respublikasi IIV 1-sonli Toshkent Akademik litsey ingliz tili fani o'qituvchisi, dotsent Xalilova Iboxon Gofurovna tashrif buyurib, 9-sinf o'quvchilari bilan kasb-hunarga yo'naltirish bo'yicha davra suhbati tashkil etdilar. Shuningdek, o'quvchilarga O'zbekiston Respublikasi IIV 1-sonli Toshkent Akademik litseyi o'quvchilarining kundalik ta'lim olayotganliklari, harbiy tayyorgarliklari haqidagi videorolik ham namoyish etildi.