Bugun maktabimizda Konstitutsiyamizning 30 yilligiga bag‘ishlangan "Konstitutsiyamiz-baxtimiz qomusi" mavzusida ma’naviy -ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda "Ahmad Donish" MFY maslahatchisi L.To‘xtayeva, O‘zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi a’zosi, targ‘ibotchi Sobir Unar, Toshkent Davlat Pedagogika Universitetining 4-kurs talabalari ishtirok etishdi. O‘quvchilar tomonidan tayyorlangan Konstitutsiyaning 30 yilligiga bag‘ishlangan sahna chiqishlari, kuy, qo‘shiqlar ijro etildi. Tarix va huquq fani o‘qituvchisi Esonova Baxtigul tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi haqida to‘liq ma’lumot berib o‘tildi.
![](/uploads/posts/2022-12/1670584271_photo_2022-12-07_13-02-53.jpg)