Joriy yilning 18 noyabr kuni Yunusobod tumanidagi 247-sonli umumta’lim maktabida "Toshkent shahar tajribasi" rejasi asosida "Qizlarjon" ko‘rik tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi. Tadbirda Yunusobod tumani xalq ta’limi bo‘limi ma’naviy-ma’rifiy faoliyatni muvofiqlashtirish sho’basi mudiri D.I.Mo‘minova, tuman xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi maktablarning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, hakamlar hay’ati a’zolari va o‘quvchi qizlar ishtirok etdilar. Bellashuvda ishtirok etgan o‘quvchi qizlar Nizom asosida o‘zaro bellashdilar. G‘olib bo‘lgan 1,2,3-o‘rin va sektor bo‘yicha g‘olib bo‘lgan o‘quvchi qizlar tuman xalq ta’limi bo‘limi mudirining Faxriy Yorlig‘i hamda sovg‘alari bilan taqdirlandilar. 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan 240-sonli umumta’lim maktab o‘quvchisi Xoldorova Dilhumor shahar bosqichida ishtirok etish uchun tavsiya etildi. Tadbir TVning "Mahalla" kanali muxbirlari tomonidan tasvirga olindi.