Toshkent shahar prokurori Ulug‘bek Qosimov boshchiligida Yunusobod tumanidagi 247-sonli umumta'lim maktabida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda Yunusobod tuman Xalq ta'limi bo‘limi tasarrufidagi umumiy o‘rta ta'lim maktablarida faoliyat ko‘rsatuvchi pedagoglar ishtirok etdi.
Shahar prokurori ta'lim sifati va oliy ta'lim muassasasalariga kirish ko‘rsatkichi 65 foizni tashkil qilib, shaharda birinchi o‘rinni qo‘lga kiritganliklari bilan tabrikladi va yuqori natijalarga erishgan fidoiy pedagoglarga o‘z esdalik sovg‘alarni topshirdi.
Shuningdek, malakali ustoz va murabbiylar bilan alohida suhbatlashib, ularga o‘z minnatdorchiligini bildirdi va mehnat faoliyatlari davomida erishilgan bunday yutuqlar yosh avlodni kelgusida yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishlari uchun katta imkoniyat eshigini ochganligi, ularning ish tajribalarini shahar miqyosidagi barcha umumta'lim maktablarida keng ommalashtirish, o‘quv seminarlari tashkil qilish va targ‘ibot ishlarini kuchaytirish lozimligini tavsiya qildi.