5-sentyabr kuni 247-maktabda soat 8:00 da "Birinchi qo‘ng‘iroq" tadbiri o‘tkazildi va 8:45 da tadbir yakunlandi. Unda maktab ma'muriyati, Yunusobod tumani TXTB vakili S.F.Shopo‘latov, Yunusobod tumani prokuratura xodimlaridan B.Abdusattorov, Abduzoxirov Abdulla Akramovich, Yunusobod tumani IIO FMB 2-sonli IIB XPB YoMB katta inspektori katta leytenant N.Ubaydullayeva, "Axmad Donish"MFY raisi R.Djalilov, maslahatchisi L.To‘xtayeva, XPB profilaktika katta inspektori mayor M.G‘.Xoliqov, maktab o‘quvchilari, ota-onalar hamda pedagoglar ishtirok etishdi. "Birinchi qo‘ng‘iroq" tadbiri tinch, xavfsizlik qoidalariga rioya etgan holda o‘tkazildi. 2022-2023 o'quv yiliga 247-maktabda 1-sinfga 175 nafar o'quvchi qabul qilindi.
Tadbir Uzbekiston-24 va Toshkent telekanallari tomonidan tasvirga olindi.