Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 3-февраль 2025, 14:35
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Milliy o‘quv dasturini amaliyotga joriy etishga bag‘ishlangan o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi

Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi tomonidan poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi 247-sonli umumta’lim maktabida ijtimoiy fanlar o‘qituvchilariga Milliy o‘quv dasturini amaliyotga joriy etishga bag‘ishlangan o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi.

Unda Toshkent shahar XTXQTMOXM ijtimoiy fanlar metodikasi kafedrasi katta o‘qituvchisi S.Shermuhamedova va RTM ijtimoiy fanlar va ijodiy ko‘nikmalarni rivojlantirish bo‘limi metodisti N.Hakimovlar ishtirok etdi.

Seminarda Milliy o‘quv dasturi asosida yaratilgan yangi avlod darsliklaridagi o‘zgarishlar va yangiliklar hamda o‘qituvchi qo‘llanmasidan foydalanish bo‘yicha mualliflar va trenerlar tomonidan batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, respublika bo‘yicha ijodiy ishlari ommalashgan o‘qituvchilar tomonidan yosh mutaxassislar uchun mahorat darslari tashkil etildi.


Toshkent shahar XTBB Matbuot xizmati