Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 3-февраль 2025, 14:35
 Bosh sahifa  Mobile versiya

O'zbekiston Respublikasi miqyosidagi "MENTAL ARIFMETIKA" olimpiadasi 247-sonli umumta'lim maktabida o'tkazildi

Joriy yilning 23-iyul kuni Yunusobod tumani 247-sonli umumta'lim maktabida Yunusobod tuman hokimiyati, Yunusobod tuman prokuraturasi 2-sektor kotibi O.Abdurazzoqov, Yunusobod tuman Yoshlar agentligi "Muruvvat" mahallasi yoshlar yetakchisi F.Perdabayev bilan hamkorlikda  O'zbekiston Respublikasi miqyosidagi  "MENTAL ARIFMETIKA" olimpiadasi  o'tkazildi. Olimpiadada O'zbekiston Respublikasining turli viloyatlaridan tashrif buyurgan turli yoshdagi o'quvchilar mental arifmetika bo'yicha bellashib, o'z bilim va iqtidorlarini namoyon etdilar. Bu o'quvchilar orasida 247-maktab "MENTAL ARIFMETIKA" to'garak a'zolari o'z to'garak rahbarlari M.Mamasoliyeva nazorati ostida faol ishtirok etdilar.  Ularning barchasi turli o'rinlarni egallab, hamkor tashkilotlar tomonidan tayyorlangan turli sovg'alar, diplom va medal bilan taqdirlandilar. Tadbir "Uzbekiston-24", "Yoshlar" va Yunusobod matbuot kanali muxbirlari tomonidan tasvirga olindi.