Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 3-февраль 2025, 14:35
 Bosh sahifa  Mobile versiya

"Namunali farzand tarbiyalagan oila" loyihasi asosida taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 7-iyun kuni Yunusobod tumani 247-sonli umumta’lim maktabida 2-prokuror sektoriga qarashli umumta’lim maktabining namunali o‘quvchilari va ularning ota-onalarini "Namunali farzand tarbiyalagan oila" loyihasi asosida taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu tadbirga Yunusobod tumani prokurori katta yordamchisi Z.T.Mavlyanova, Yunusobod tumani xalq ta’limi bo‘limi mudiri O.T.Yarashev, Sh.K.Kuchkarova, maktab direktorlari va ota-onalar tashrif buyurdilar, o‘quvchilarni sovg‘a, gul, tashakkurnomalar bilan taqdirladilar. Tadbir so‘ngida bir qator ota-onalar va o‘quvchilar o‘zlarining xursandchiliklari orqali o‘z minnatdorchiliklarini bildirib o‘tdilar.