Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 3-февраль 2025, 14:35
 Bosh sahifa  Mobile versiya

E`lon maktabimizda 1-sinfga o'quvchilar qabul qilish boshlandi

Ilk o‘quv yilining boshlanishi har bir ota-ona uchun juda mas’uliyatli va shu bilan birga muhim bir davr. Chunki tanlangan maktab, bolaning yangi sharoitlarga naqadar tez ko‘nikishi va natijada yangi bilimlarni o‘rganishga tayyorligini belgilab beradi.Mazkur ahamiyatli vaqt ostonasida 247-zamonaviy maktab ta’lim olish uchun 1-sinfga qabul boshlanganini e’lon qiladi.Ilg‘or ta’lim dasturi,oliy toifali pedagog o‘qituvchilar har bir bilim oluvchida eng sara sifatlarni tarbiyalashga yo‘naltirilgan.Maktabda ta’lim olishda asosiy e’tibor bolalarning aqliy, jismoniy, ijodiy va shaxsiy qobiliyatlari va fazilatlarining rivojlanishiga qaratiladi.Nafaqat ulkan hajmdagi bilimlarni eslab qolish, balki ulardan amaliyotda samarali foydalanishni tatbiq etuvchi ta’lim muhiti evaziga, tarbiyalanuvchilarimiz kelajakda fan, sport, ijod va ishbilarmonlik sohasidagi yutuqlari bilan mamlakatimizning xalqaro mavqeini yanada yuksaltirishga erishadilar..Farzandingizni umumta’lim maktabining 1-sinfiga qabul qilish bilan bog‘liq savollar yuzasidan 55 555-88-14 raqamiga murojaat etib o‘zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz mumkin.