Joriy yilning 29 aprel kuni 247-sonli umumta’lim maktabida "Juma - ma’naviyat kuni" doirasida 9-10-11-sinf o‘quvchilari bilan Toshkent Moliya instituti o‘qituvchilari “Moliyaviy savodxonlik” mavzusida davra suxbati o‘tkazdilar. Davra suxbatiga Toshkent Moliya instituti “Baholash ishi va investisiyalar” kafedrasi professor-o‘qituvchisi M.A.Raimjonova va “Moliya” fakultetining 3-kurs MM-50h talabalari - A.A.Sotvoldiyev, M.Gʻ.Mexmonaliyev, N.Yo.Sheravatov hamda hamkor tashkilot vakillari - “Axmad Donish” MFY Yoshlar yetakchisi A.Xudoyberdiyev, “Muruvvat” MFY Yoshlar yetakchisi F.Perdabayev tashrif buyurdilar. O‘quvchilarga “FINLIT.UZ” bilan moliyaviy farovonlik sari mavzusidagi moliyaviy savodxonlik filmi va slayd namoyish etildi hamda qiziqarli savol javob tashkil etildi.