Joriy yilning 13 may kuni 247-sonli umumta’lim maktabida 10-B, 10-V sinf o‘quvchilarig uchun "Juma ma’naviyat kuni" munosabati bilan Toshkent Moliya institutining "Baholash ishi va investisiyalar" kafedrasi professor-o‘qituvchisi M.A.Raimjanova tomonidan master klass darslari o‘tib berildi va slayd-videofilm namoyishi orqali Toshkent Moliya instituti faoliyati, yo‘nalishlari, o‘qish jarayoni bilan yaqindan tanishtirib o‘tildi. O‘quvchilar bilan savol javoblar ham uyushtirildi.